
Mazkur tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida raqamli madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari, raqamli ta’lim muhitining imkoniyatlari hamda o‘quvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli madaniyatning tarkibiy qismlari, uni shakllantirishda o‘qituvchi va ota-onalarning o‘rni hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati yoritilgan.
