
Globallashuv, raqamli transformatsiya va "Sanoat 4.0" sharoitida O‘zbekiston Respublikasining xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsion biznes modellarini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi kompleks tahlil qilinadi. Maqolada 2022–2025-yillardagi so‘nggi statistik ma’lumotlar asosida milliy xizmatlar sohasining tarkibiy o‘zgarishlari, raqamli texnologiyalar va platformali biznes modellarining (fintech, elektron tijorat, CRM, ERP tizimlari) operatsion samaradorlikka ta’siri baholangan. Shuningdek, tadqiqot jarayonida kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarida innovatsion biznes modellarini joriy etishdagi tizimli muammolar, jumladan, hududiy iqtisodiy nomutanosibliklar va innovatsion faollikni cheklovchi institutsional omillar aniqlangan. Tahlillar natijasida sohada tranzaksion xarajatlarni qisqartirish, mehnat unumdorligini oshirish va investitsion jozibadorlikni ta’minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar va xulosalar ishlab chiqilgan.
