
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida matematika fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning ahamiyati, ta’lim samaradorligini oshirishdagi imkoniyatlari hamda o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, mantiqiy topshiriqlarni bajarishga o‘rgatish metodikasi, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va interfaolmetodlarning afzalliklari tahlil qilinib, ularning amaliy samaradorligi asoslab berilgan.
