
Bu mavzuda matematikaning amaliy hayotdagi qo‘llanilishi orqali daraxt balandligini oddiy va noodatiy usul bilan aniqlash yoritilgan. Ish jarayonida trigonometrik formulalar, xususan tangens funksiyasidan foydalanilib, daraxt balandligini unga chiqmasdan turib hisoblash usuli ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot davomida masofa, burchak va geometrik shakllar o‘rtasidagi bog‘lanishlar tahlil qilinib, matematik hisob-kitoblarning kundalik hayotdagi ahamiyati ochib berilgan. Ushbu usul geodeziya, melioratsiya, qurilish va tabiatni o‘rganish sohalarida samarali hisoblanadi.
