
Mazkur maqolada o'zbek she'riyatida milliy ruhning badiiy obrazlar vositasida namoyon bo'lishi tahlil qilinadi. Badiiy obrazning adabiyotdagi o'rni, uning milliy tafakkur va ruhiyatni ifodalashdagi ahamiyati ilmiy-nazariy manbalar asosida yoritilgan. Shoirlarning she'riy asarlarida milliy xarakter, o'zbekona qadriyatlar va istiqlol g'oyalarining obrazli ifodasi tahlil etilib, ularning o'zbek adabiyotidagi o'rni baholangan.
