
Ushbu maqolada XX asrning yirik sotsiolog olimlaridan biri bo‘lgan Pitirim Sorokinning “Sotsial va madaniy dinamika” asari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Mazkur asarda jamiyat va madaniyat taraqqiyotining asosiy qonuniyatlari, madaniy tizimlarning almashinuvi, sotsial o‘zgarishlarning mohiyati hamda tarixiy taraqqiyot jarayonlari yoritilgan. Sorokin insoniyat tarixini madaniy qadriyatlarning o‘zgarishi orqali tushuntirishga harakat qiladi. Asarda ideatsional, hissiy va idealistik madaniyat tizimlari, madaniy dinamika nazariyasi hamda madaniyatning din, san’at, axloq va ilm-fan bilan bog‘liqligi keng tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada Sorokinning sotsiologiya faniga qo‘shgan hissasi, uning ilmiy qarashlarining bugungi kundagi ahamiyati va nazariyasining ayrim kamchiliklari ham ko‘rib chiqiladi.
