
Ushbu maqolada ona tili darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlar yordamida o‘quvchilarning sintaktik tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Maqolada sintaktik tahlilni quruq, mexanik yodlashdan ijodiy va mantiqiy jarayonga aylantirish mexanizmlari, xususan, “Klaster”, “Sintaktik konstruktor”, “Keys-stadi” va raqamli didaktik o‘yinlar misolida ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijasida interaktiv metodlarning o‘quvchilar savodxonligi va nutqiy kompetensiyasini oshirishdagi samaradorligi asoslangan.
