
Mazkur maqolada masofaviy ta’lim tizimlarida qo‘llanilayotgan aqlli analitik tizimlarning arxitekturasi, asosiy komponentlari va talaba faoliyatini monitoring qilishda foydalaniladigan zamonaviy texnologiyalar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ta’lim analitikasi, ma’lumotlarni qazib olish, sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganish texnologiyalarining o‘quv jarayonini boshqarishdagi ahamiyati o‘rganildi. Shuningdek, talabalarning akademik faoliyatini prognozlash, risk guruhlarini aniqlash hamda ta’lim jarayonini individuallashtirish imkoniyatlari ilmiy asosda yoritildi. Tadqiqot natijalari aqlli analitik tizimlarning masofaviy ta’lim samaradorligini oshirishdagi muhim o‘rnini ko‘rsatadi.
