
Mazkur tezisda sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yaratilgan ijod mahsulotlarining huquqiy maqomi, ularning mualliflik huquqi obyektlari sifatida tan olinishi hamda intellektual mulk sohasidagi mavjud huquqiy muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan asarlar muallifligini aniqlash, huquq egasini belgilash va bunday natijalardan foydalanish tartibi yuzasidan xalqaro tajriba hamda amaldagi qonunchilik normalari o‘rganiladi.
