
XXI asr – axborot texnologiyalari asri boʻlib, zamonaviy raqamli iqtisodiyot rivojlangani sari raqamli texnologiyalar, axborot telekommunikatsiya, sun’iy intellekt tizimlarining rivojlangani sari ularga talab yanada ortmoqda hamda bugungi kunda ularsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. Soʻnggi yillarda butun dunyoda sun'iy intellektning jadal rivojlanishi turli xil sohalarga oʻz ta'sirini oʻtkazmay qolmayapti. Mazkur tezisda sun'iy intellekt oʻzi nima, sun'iy intellekt tushunchasi, uning turlari, hamda amaliyotdagi oʻrni kabi ma'lumotlarni koʻrib chiqamiz.
