
Mazkur maqolada Qo‘qon xonligining XVIII–XIX asrlardagi savdo-sotiq tizimi va diplomatik munosabatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Unda xonlikning ichki va tashqi savdo aloqalari, karvon yo‘llari, bozorlar faoliyati hamda Rossiya imperiyasi, Buxoro amirligi, Xiva xonligi va Xitoy (Sin imperiyasi) bilan olib borgan diplomatik aloqalari yoritiladi. Savdo-iqtisodiy manfaatlarning tashqi siyosatga ta’siri va elchilik munosabatlarining xonlik taraqqiyotidagi o‘rni ochib beriladi.
