
Mazkur ilmiy maqolada Oʻzbekiston jurnalistikasining shakllanish tarixi, rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy davrdagi oʻrni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, jadid matbuoti davri, sovet davri jurnalistikasi, mustaqillikdan keyingi ommaviy axborot vositalari tizimidagi islohotlar va raqamli jurnalistikaning rivojlanish tendensiyalari yoritiladi. Shuningdek, bugungi globallashuv sharoitida jurnalistikaning jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy ahamiyati ochib beriladi.
