
Mazkur maqolada O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanida inson va jamiyat munosabatlarining badiiy talqini ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda shaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, ijtimoiy muhit ta’siri, tarixiy jarayonlarning inson taqdiriga ko‘rsatgan bosimi hamda milliy mentalitetning aks etishi lingvopoetik va sotsiokritik yondashuv asosida o‘rganiladi. Roman kompozitsiyasi, obrazlar tizimi va ramziy qatlamlari orqali yozuvchi inson hayotining murakkab ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib bergani asoslab beriladi.
