
Ushbu maqolada gandbol (qoʻl toʻpi) sport turida oʻyin texnikasi va taktikasini toʻgʻri qoʻllash hamda ularni oʻquvchi-sportchilarga oʻrgatishning pedagogik xususiyatlari tahlil qilingan. Maqolada hujum va himoya texnikasining fundamental elementlari, zamonaviy gandbolda qoʻllaniladigan taktik tizimlar (shuningdek, 6:0, 5:1 himoya sxemalari) va ularning amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot yakunida yosh gandbolchilarning texnik-taktik harakatlarini oʻyin sharoitida toʻgʻri va tezkor qoʻllash koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha metodik tavsiyalar majmuasi ishlab chiqilgan.
