
Mazkur maqolada mustaqil ish faoliyatini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda ahamiyati yoritilgan. Mustaqil ta’lim o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, o‘z ustida ishlash madaniyatini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi. Maqolada mustaqil ishlarning asosiy shakllari, jumladan, referat, loyiha, amaliy topshiriqlar, tadqiqot ishlari va elektron ta’lim resurslari asosida bajariladigan faoliyat turlari tahlil qilingan. Shuningdek, mustaqil ishlarni samarali tashkil etishda qo‘llaniladigan pedagogik metodlar, interfaol yondashuvlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlari ko’rib chiqilgan. Mustaqil ishlarni rejalashtirish, nazorat qilish va baholash mexanizmlari hamda ularning ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdagi roli ochib berilgan. Tadqiqot natijalari mustaqil ta’limni to‘g‘ri tashkil etish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muammolarni hal etish, axborotni izlash va tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Mazkur maqola ta’lim muassasalari pedagoglari, tadqiqotchilar va talabalari uchun mustaqil ish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.
Mustaqil ish, mustaqil ta'lim, ta'lim jarayoni, pedagogik metodlar, ta'lim shakllari, o'qitish vositalari, interfaol usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, loyiha metodi, tadqiqot faoliyati, ijodiy fikrlash, kompetensiya, baholash, o'quv faoliyati, ta'lim samaradorligi.
Mustaqil ish, mustaqil ta'lim, ta'lim jarayoni, pedagogik metodlar, ta'lim shakllari, o'qitish vositalari, interfaol usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, loyiha metodi, tadqiqot faoliyati, ijodiy fikrlash, kompetensiya, baholash, o'quv faoliyati, ta'lim samaradorligi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
