
Huquqiy demokrarik davlat qurishda fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu vazifani amalga oshirishda notariat instituti alohida ahamiyat kasb etadi. Notariat fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qonuniyligini ta'minlash, hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlash va huquqiy nizolarning oldini olishga xizmat qiladi. Shu sababli notariuslarning faoliyati jamiyatda huquqiy barqarorlikni ta'minlovchi muhim omillardan biri hisoblanadi.
