
Mazkur maqolada o'zbek tilida "do'ppi" komponenti ishtirok etgan iboralarning semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda "do'ppi" leksemasi qatnashgan frazeologik birliklar, ularning ma'no qatlamlari, obrazlilik darajasi hamda xalqning milliy-madaniy qarashlarini aks ettirishdagi o'rni yoritilgan. Shuningdek, ushbu iboralarning shakllanish omillari, ko'chma ma'noda qo'llanish xususiyatlari va nutqdagi funksional-semantik vazifalari misollar asosida tahlil etilgan. Tahlil natijasida "do'ppi" komponentli iboralar o'zbek xalqining etnomadaniy qadriyatlari, dunyoqarashi va til tafakkurining muhim ko'rsatkichlaridan biri ekanligi aniqlangan.
