
Maqolada 2025-yilda Muxtor Ashrafiy uy-muzeyida amalga oshirilgan muzey fondlari xatlovining natijalari va ushbu jarayondagi amaliy tajribalar yoritilgan. Xususan, muzey eksponatlarini inventarizatsiya qilish, ilmiy tavsiflash, konservatsiya va restavratsiya qilish masalalari tahlil etilgan. Maqolada muzey fondidagi 18 949 dona madaniy meros obyektining holati, kirim kitoblarining yuritilishi, aniqlangan kamchiliklar hamda eksponatlarni saqlash va qadoqlash jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, muzey kolleksiyalarini raqamlashtirish, ilmiy o‘rganish va muzey fondlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Xatlov jarayonining muzeyshunoslik sohasidagi ilmiy-amaliy ahamiyati hamda madaniy merosni asrab-avaylashdagi o‘rni yoritib berilgan.
