
Ushbu maqolada ozodlikdan mahrum etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya va moslashtirish jarayonida huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlarining o‘rni hamda faoliyatini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Sobiq mahkumlarning jamiyatga qayta integratsiyalashuvidagi asosiy muammolar, ularning huquqiy, psixologik va ijtimoiy holati o‘rganilib, takroriy jinoyatchilikning (retsidiv) oldini olish yuzasidan amaliy va huquqiy takliflar ishlab chiqilgan.
