
Mazkur maqolada tibbiyot va pedagogika integratsiyasining zamonaviy tibbiy ta’limdagi ahamiyati, uning bo‘lajak shifokorlarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tibbiy ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish, klinik tafakkur, kommunikativ madaniyat, kasbiy mas’uliyat va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Maqolada kompetensiyaviy yondashuv, muammoli ta’lim, klinik holatlar asosida o‘qitish, simulyatsion mashg‘ulotlar, interfaol metodlar va refleksiv tahlilning tibbiy ta’lim samaradorligini oshirishdagi imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, tibbiyot va pedagogika fanlari integratsiyasi orqali talabalarning amaliy faoliyatga tayyorgarligini kuchaytirish, shifokor-bemor munosabatlarini takomillashtirish hamda raqobatbardosh tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash zarurligi asoslangan.
