
Mazkur maqolada ta’lim loyihalarida qo‘llaniladigan risklarni aniqlash modellari va ularning zamonaviy ta’lim boshqaruvidagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda ta’lim loyihalaridagi moliyaviy, texnologik, tashkiliy, akademik va strategik risklarning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, risklarni aniqlash modellari loyiha samaradorligini oshirish, institutsional barqarorlikni ta’minlash va ta’lim sifatini yaxshilashdagi muhim vosita sifatida ko‘rib chiqilgan. Maqolada SWOT-tahlil, brainstorming, manfaatdor tomonlar tahlili, Delphi usuli, scenario rejalashtirish hamda risk matritsasi kabi keng qo‘llaniladigan modellar tahlil etilgan.
