
Ushbu maqolada elektromotorlarning ekspluatatsiyasi jarayonida yuzaga keladigan ortiqcha yuklama va qizib ketish muammolari tahlil qilinadi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun real vaqt rejimida ishlovchi mexatronik himoya tizimi ishlab chiqilgan. Taklif etilgan tizim sensorlar (harorat va tok), mikrokontroller va boshqaruv algoritmlariga asoslangan bo‘lib, avtomatik monitoring va himoya funksiyalarini bajaradi. Eksperimental natijalar tizimning samaradorligini oshirishini ko‘rsatadi.
