
Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida veterinariya nazorati sohasida ma'muriy jarayonlarni raqamlashtirishning dolzarb masalalari hamda "VIS-Chegara" yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish orqali erishilgan amaliy natijalar tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida chegara veterinariya nazoratida ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini elektron boshqarish, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun yaratilgan qulayliklar, inson omilini kamaytirish, shaffoflikni oshirish hamda nazorat samaradorligini kuchaytirish masalalari yoritilgan. Tahlil natijalari "VIS-Chegara" tizimi veterinariya nazoratini tashkil etishda samarali raqamli instrument sifatida xizmat qilayotganini ko'rsatadi.
