
Ushbu maqolada PISA (Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturining konseptual mohiyati hamda uning Oʻzbekiston ta'lim tizimidagi islohotlarga ta'siri nazariy-tahliliy nuqtai nazardan tadqiq etiladi. Tadqiqotda dasturning funksional savodxonlikni oʻlchashga qaratilgan metodologik tamoyillari, Oʻzbekistonning unga rasman qoʻshilishi (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 997-son qarori) va PISA-2022 natijalari ta'lim siyosati uchun diagnostik manba sifatida koʻrib chiqiladi. Muallifning fikricha, dastur natijalari islohotlarni boshqarishda strategik moʻljal vazifasini bajaradi; ammo ularni soddalashtirib, “imtihonga moslab oʻqitish” koʻrinishida talqin qilish jiddiy metodologik xavf tugʻdiradi.
