
Mazkur tezisda O'zbekiston Respublikasida advokatlarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi va bosqichlari tahlil qilinadi. Unda O'zbekiston Respublikasinig "Advokatura to'g'risda"gi qonuni hamda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2025-yil 3-iyuldagi 15-mh-son buyrug'i bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to'g'risida"gi Nizom asosida intizomiy javobgarlikka tortish tartibi va bosqichlari yoritiladi.
