
Mazkur maqolada muhandislikka ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarida ingliz tilini o‘qitishning hozirgi holati, mavjud muammolari hamda rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Texnik soha talabalariga ingliz tilini o‘qitishda kasbiy yo‘naltirilgan yondashuv, CLIL metodikasi va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, muhandislik yo‘nalishlarida ingliz tilini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan metodlar, o‘quv materiallari va o‘qitish shakllari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, texnik oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini kasbiy yo‘nalishda o‘qitish
