
Ushbu maqolada biologiya fanini o‘qitishda sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishning samaradorligi, pedagogik imkoniyatlari hamda ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilingan. Sun’iy intellekt texnologiyalari biologik jarayonlarni vizuallashtirish, individual ta’limni tashkil etish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi yoritilgan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish o‘quvchilarning motivatsiyasi va o‘zlashtirish darajasini oshirishini ko‘rsatadi.
