
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida astronomiya fanidan koinotning tuzilishi, evolyutsiyasi, qora materiya, qora energiya va gravitatsion to‘lqinlar mavzularini o‘qitishning zamonaviy metodikasi ilmiy asosda tahlil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasidagi qaror va tashabbuslari, FIZO, muammoli ta’lim, loyiha metodi kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalar o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘llari ko‘rsatilgan. Maqolada maktab o‘quvchilarining kosmologik bilimlarini chuqurlashtirish uchun interfaol ta’lim metodlari va raqamli resurslardan foydalanishning samaradorligi asoslangan.
