
Mazkur maqolada zamonaviy filologiyada interdisiplinar yondashuvlarning nazariy-metodologik asoslari hamda ularning lingvistika, psixologiya va madaniyatshunoslik bilan o‘zaro integratsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda til hodisalarini faqat strukturaviy yoki grammatik doirada emas, balki inson tafakkuri, psixik jarayonlar va madaniy kontekst bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganish zaruriyati asoslab beriladi. Kognitiv lingvistika, psixolingvistika, lingvokulturologiya, diskurs tahlili va pragmatik yondashuvlar zamonaviy filologik izlanishlarning muhim yo‘nalishlari sifatida yoritiladi. Shuningdek, til va tafakkur munosabati, nutq jarayonida psixologik omillarning roli hamda madaniyatlararo kommunikatsiya jarayonida tilning funksional xususiyatlari ochib beriladi.
