
Maqolada paxta tolasining fizik-mexanik xususiyatlari, uning morfologik tuzilishi va sifat ko‘rsatkichlarini baholash usullari tahlil qilingan. Zamonaviy to‘qimachilik sanoatining xomashyoga qo‘yiladigan talablari, xususan, HVI (High Volume Instrument) tizimi bo‘yicha tolaning uzunligi, mikroneri, pishiqligi va rangi kabi asosiy parametrlarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, tola sifatiga ta’sir etuvchi agrotexnik va texnologik omillar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari yuqori sifatli kalava ip ishlab chiqarishda xomashyo seleksiyasining o‘rnini belgilashga xizmat qiladi.
