
Mazkur maqolada fizika fanini o‘qitishda formatif baholash asosida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash kompetensiyalarinirivojlantirish metodikasini takomillashtirish masalasi yoritilgan. Tadqiqot doirasida kognitiv, operatsion varefleksiv komponentlardan iborat metodik model ishlab chiqildi hamda uning amaliy samaradorligi tajriba-sinov ishlari asosidaisbotlandi. Integratsion yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonida muammoli ta’lim, tajriba faoliyati, savoljavobva muhokama metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari formatif baholash o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi,tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi.
