
Ushbu maqolada issiqlik tarqalish integro-differensial tenglamalarining nazariy asoslari, ularning matematik va fizik mazmuni hamda amaliy qo‘llanilish jihatlari yoritilgan. Integro-differensial tenglamalarning issiqlik almashinuvi jarayonlarini modellashtirishdagi ahamiyati, integral operatorlarning roli, yadro funksiyalarining xususiyatlari va yechimlarning mavjudligi masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, sonli usullar, nolinear modellar, spektral analiz va kasr tartibli hosilalarga asoslangan zamonaviy yondashuvlarning ilmiy ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
