
Zamonaviy kiyim dizaynining nazariy va amaliy asoslaridan biri hisoblangan estetik jozibadorlik hamdafunksional qulaylik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik pedagogik nuqtai nazardan tahlil etiladi. Libos badiiy-estetik qadriyatlarnimujassam etuvchi san’at mahsuli bilan bir qatorda, insonning kundalik ehtiyojlarini qondiruvchi funksional vosita sifatidatalqin qilinadi. Dizayn jarayonida shakl va mazmun uyg‘unligini ta’minlashning metodik tamoyillari yoritilgan. Tadqiqotnatijalari ergonomika, materialshunoslik va kompozitsiya qonuniyatlarining integratsiyasi talabalarda kasbiy kompetensiyalarnishakllantirishning muhim omili ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, bo‘lajak dizaynerlarda kiyimning vizual jozibadorliginiuning amaliy xususiyatlari, jumladan, qulaylik, himoya va chidamlilik bilan uyg‘unlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishmasalalari asoslab berilgan. Estetik-funksional sintezning ta’limiy va ijtimoiy ahamiyati yuzasidan ilmiy-pedagogik tavsiyalarishlab chiqilgan.
