
Mazkur maqolada yashil logistika va transport tizimi transformatsiyasining barqaror makroiqtisodiy o‘sishnita’minlashdagi o‘rni hamda uning ilmiy-uslubiy asoslari tadqiq etilgan. Hozirgi kunda iqlim o‘zgarishi, atrof-muhit ifloslanishiva energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq muammolar iqtisodiy rivojlanishning yangimodelini shakllantirish zaruratini yuzaga keltiradi. Shu nuqtai nazardan, yashil logistika transport va logistika jarayonlariniekologik talablar asosida tashkil etish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda karbon emissiyasini kamaytirishorqali iqtisodiy va ekologik manfaatlar uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida Jahon bankiningLogistics Performance Index (LPI) ko‘rsatkichlari, xalqaro tashkilotlar hisobotlari hamda O‘zbekiston Respublikasida2010–2024-yillar davomida atmosfera havosiga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar dinamikasi asosida tahlillar amalgaoshirildi.
