
Ushbu ilmiy maqolada ispan va o‘zbek tillaridagi rang nomlarining (kolorativlarning) lingvomadaniy va konnotativ xususiyatlari qiyosiy-chog‘ishtirma metodlar asosida tahlil qilingan. Ranglar shunchaki optik hodisa yoki predmet belgisi bo‘lmay, har bir xalqning dunyoqarashi, mifologiyasi, mentaliteti va tarixiy tajribasini aks ettiruvchi milliy-madaniy kod hisoblanadi. Maqolada oq, qora, qizil, ko‘k va yashil ranglarning har ikki madaniyatdagi ijobiy hamda salbiy semantik maydonlari relyefli misollar, frazeologizmlar va maqollar orqali ochib berilgan. Tadqiqot natijalari xalqlarning milliy tafakkuridagi o‘xshash va farqli jihatlarni tizimlashtirishga, tarshunoslik va madaniyatlararo muloqot samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
