
Ushbu maqolada temir yo'l transportida xavfsizlikni ta'minlash faoliyatining ma'muriy-huquqiy tartibga solinishini takomillashtirish yo'llari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Amaldagi normativ-huquqiy baza, vakolatli organlar faoliyati hamda ularning o'zaro hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, xorijiy tajriba va raqamli boshqaruv yondashuvlarini joriy etish orqali transport xavfsizligini oshirish bo'yicha taklif va xulosalar beriladi.
