
Ushbu maqolada ontogenezning dastlabki bosqichlarida psixik rivojlanish jarayonlarining nazariy asoslari, bola psixikasining shakllanishiga ta’sir etuvchi biologik va ijtimoiy omillar hamda psixik rivojlanishning sensor, emotsional, ijtimoiy va kognitiv komponentlari tahlil qilinadi. Bolalarda idrok, diqqat, xotira, nutq va tafakkurning ilk rivojlanish mexanizmlari, shuningdek, sensor-motor tajribaning psixik taraqqiyotdagi o‘rni yoritiladi. Piaget, Vygotskiy va zamonaviy neyropsixologik yondashuvlar asosida ilk bolalikdagi psixik rivojlanishning qonuniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola amaliy psixologlar, pedagoglar va rivojlanish psixologiyasi bo‘yicha mutaxassislar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
