
Ushbu maqolada ta'lim jarayonida pedagogik mahoratning o‘rni va uning ta'lim sifatiga ta'siri o‘rganilgan. Innovatsion texnologiyalar va yangi pedagogik yondashuvlar orqali ta'lim jarayonida samaradorlikni oshirish, o‘quvchilarning faolligini va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan metodlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, pedagogik mahoratning ta'lim jarayonida muhim rol o‘ynashi va uning o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi ta'kidlanib, pedagogik mahoratni rivojlantirish zarurligi haqida fikr yuritilgan.
