
Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslari, uning amaliy ahamiyati hamda ichki ishlar organlari faoliyatida qo’llanilayotgan zamonaviy mexanizmlar tahlil qilingan. Shuningdek, profilaktika inspektorlarining hisobdorligi, mahalla institutining roli va jamoatchilik nazoratini takomillashtirish istiqbollari yoritilgan.
