
Mazkur maqolada internet kommentariylarida metaforalarning qo‘llanilishi, ularning lisoniy-pragmatik xususiyatlari hamda internet diskursidagi funksional ahamiyati tahlil qilinadi. Virtual muloqotning zamonaviy shakli sifatida internet kommentariy nutqida metaforalar emotsional-ekspressiv ta’sirni kuchaytirish, nutqiy tejamkorlikni ta’minlash va foydalanuvchilarning ijtimoiy munosabatlarini ifodalashda muhim vosita sifatida namoyon bo‘lishi yoritiladi. Shuningdek, maqolada metaforalarning internet kommunikatsiyasidagi o‘rni dunyo va o‘zbek tilshunosligi doirasidagi ilmiy qarashlar asosida tahlil etilib, YouTube kommentariylari misolida ularning pragmatik xususiyatlari ochib beriladi.
