
Mazkur tezisda anglo-amerikanizmlarning koreys tiliga o‘zlashish jarayoni hamda ularning fonologik, orfografik va semantik assimilyatsiya xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ingliz va koreys tillari o‘rtasidagi fonetik hamda struktur tafovutlar natijasida yuzaga keladigan adaptatsiya jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Xususan, epenteza, tovush almashinuvi, hangul yozuv tizimiga moslashuv va semantik transformatsiya kabi hodisalar misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, koreys tilshunoslari tomonidan ilgari surilgan nazariy qarashlar hamda inglizcha o‘zlashmalarning koreys tilidagi qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari koreys tilida anglo-amerikanizmlarning moslashuv mexanizmlarini aniqlash va ularning zamonaviy kommunikatsiyadagi o‘rnini belgilashga xizmat qiladi.
