
Ushbu maqolada jinoyat protsessining dastlabki bosqichi bo‘lgan tergovga qadar tekshiruv davomida olingan materiallar va ma'lumotlarning jinoyat ishida dalil sifatida maqbulligi hamda ulardan foydalanishning protsessual tartibi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Jinoyat-protsessual qonunchiligi normalari asosida ushbu bosqichda to‘plangan ma'lumotlarning yuridik kuchini saqlab qolish, tushuntirish xatlari va ekspertiza xulosalarining daliliy ahamiyati hamda inson huquqlarini ta'minlash masalalari yuzasidan xulosalar berilgan.
