
Ushbu maqolada o‘quvchilarning nutq kompetensiyasini rivojlantirishda interfaol metodlarning o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy asoslarda tahlil qilingan. “Aqliy hujum”, “Klaster”, “INSERT”, “Debat”, “Rol o‘ynash” kabi interfaol metodlarning nutqni faollashtirishdagi samarasi, ularning muloqot madaniyati, mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil va ijodiy nutqni shakllantirishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, interfaol metodlardan foydalanishning mexanizmi, afzalliklari, amaliy natijalari va mavjud muammolar haqida ilmiy xulosalar berilgan.
