
Ushbu maqola boshlang’ich sinf o’quvchilarini klaster texnologiyasi asosida o’qitishning o’ziga xos jihatlari, bu texnologiyaning ta’lim tizimidagi o’rni, yetakchi pedagoglarning bu sohaga oid fikr-mulohazalari, klaster o’zi nima, tanqidiy fikrlashning ustuvor jihatlari va uning klaster texnologiyasiga bog’liqligi, klaster texnologiyasining maqsad va vazifalari, klaster texnologiyasini shakllantirish omillari va bu haqidagi yetakchi xorijiy davlatlardagi tadqiqotchilarning fikrlari bayon etilgan. Bu maqola talaba yoshlarni bilim ko’nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
