
Ushbu maqolada oliy texnika ta’limi muassasalarida “Avtomobil konstruksiyasi” fanini o‘qitish samaradorliginioshirish hamda talabalarning kasbiy kompetensiyalarini real vaqt rejimida monitoring qilish muammolari tahliletilgan. Tadqiqotda an’anaviy summativ baholash tizimining kognitiv cheklovlari va auditoriyadagi “qora quti” (black box)effekti aniqlanib, uning yechimi sifatida “Tayanch so‘z + Uch tillilik + Dinamik animatsiya” konseptual modeli taklif qilingan.Mazkur model talabalarning texnik terminologiyani o‘zlashtirish darajasi, vizual-kognitiv faolligi hamda amaliy fikrlashkompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida formativ baholash, kuzatish, qiyosiy tahlil va pedagogikmonitoring metodlaridan foydalanildi. Natijalar uch tilli terminologiya va dinamik animatsiyalarga asoslangan yondashuvta’lim samaradorligini oshirish, kognitiv yuklamani optimallashtirish hamda talabalarning kasbiy tayyorgarliginimustahkamlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatdi. Maqola O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagiPF-58-sonli Farmoni hamda “Transport vositalari muhandisligi” yo‘nalishi malaka talablariga muvofiq ishlab chiqilgan
