
Mazkur maqolada milliy g‘oyaning yoshlar ma’naviy kamolotidagi o‘rni, uning yot va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Globallashuv sharoitida yoshlar ongiga ta’sir ko‘rsatayotgan turli mafkuraviy tahdidlar, axborot xurujlari hamda ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, milliy g‘oyaning vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, milliy o‘zlikni anglash va ma’naviy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada yoshlarni yot g‘oyalardan himoya qilishning samarali yo‘llari yuzasidan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
