
Mazkur maqolada ta’lim tizimida sinf rahbari faoliyatining tarixiy shakllanish bosqichlari hamda uningzamonaviy pedagogik koʻrinishlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi sinf rahbari faoliyatiningtarixiy ildizlari, pedagogik asoslari va zamonaviy funksional yoʻnalishlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida tarixiy-qiyosiytahlil, pedagogik tahlil, tizimlashtirish hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni oʻrganish metodlaridan foydalanildi.Natijalar shuni koʻrsatdiki, sinf rahbari faoliyati Sharq mutafakkirlari pedagogik qarashlari, jadid pedagogikasi hamdazamonaviy kompetensiyaviy va mentorlik yondashuvlari asosida rivojlanib borgan. Tadqiqot davomida zamonaviy sinfrahbarining pedagogik yetakchilik, tarbiyaviy boshqaruv, psixologik qoʻllab-quvvatlash va kommunikativ faoliyatlari tizimlashtirildi.Xulosa sifatida sinf rahbari faoliyatini takomillashtirishda kompetensiyaviy, shaxsga yoʻnaltirilgan va mentorlikyondashuvlari muhim pedagogik asos ekanligi aniqlandi
