
Bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi dolzarb mavzuga aylanishi oqibatida, rivojlangan mamlakatlar atrof-muhitni muhofaza qilish niqobi ostida kuchli iqtisodiy cheklovlarni joriy qilmoqda. An’anaviy ta’rif tizimlarini egallab borayotgan yashil proteksionizm siyosati mexanizmlari, shu jumladan Yevropa Ittifoqining uglerod chegaralarini moslashtirish mexanizmi va AQShning erkin subsidiyalash siyosati erkin savdo tamoyillarini inqirozga uchratmoqda. Ushbu hodisa xalqaro savdo aloqalarida geosiyosiy va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarayotgani sababli chuqur ilmiy izlanishlarni talab qiladi. Mazkur tadqiqotning maqsadi qo‘llanilayotgan proteksionestik chora-tadbirlarning savdo tizimi, ta’minot zanjiri hamda rivojlanayotgan mamlakatlar eksportiga ko‘rsatayotgan ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot natijalari asosida tegishli xulosalar chiqariladi va undan tashqi iqtisodiy siyosat yuritish strategiyalarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
