
Mazkur maqolada sun'iy intellekt texnologiyalarining ta'lim jarayonidagi o'rni, ahamiyati va pedagogik imkoniyatlari keng tahlil qilingan. Sun'iy intellekt asosidagi ta'lim vositalarining afzalliklari, shaxsga yo'naltirilgan yondashuvni ta'minlashdagi roli, ta'lim sifatini oshirishdagi samaradorligi hamda mavjud muammo va cheklovlar ilmiy jihatdan yoritilgan. Maqolada sun'iy intellektdan foydalanishning zamonaviy pedagogik tamoyillarga mos kelishi, o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatini optimallashtirishdagi imkoniyatlari hamda ta'lim tizimini modernizatsiya qilishdagi ahamiyati asoslab berilgan.
