
Mazkur ilmiy maqolada boshlang'ich ta'lim jarayonida didaktik o'yinlardan foydalanishning nazariy-metodik asoslari, ularning o'quvchilarning bilish faolligi, motivatsiyasi, mustaqil fikrlashi va kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, xalqaro ta'lim tizimlarida qo'llanilayotgan o'yinli pedagogik texnologiyalar tahlil qilinadi hamda eksperimental tadqiqot natijalari asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
